1. Ma'lumotlarni kim qayta ishlaydi
Shaxsga doir ma'lumotlar operatori — Zabonly, manzil: Toshkent, O'zbekiston.
Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun mas'ul shaxs: Zabonly. Murojaat uchun: privacy@zabonly.uz.
2. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
Google hisobingizdan: ism, email, Google identifikatori va profil rasmi havolasi.
Siz kiritadigan ma'lumotlar: til, vaqt mintaqasi, o'rganayotgan til, daraja va maqsadlar; o'qituvchilar uchun — o'rgatadigan tillar, o'zi haqida matn, video va dars havolasi, dars narxi.
O'qituvchining to'lov kartasi raqami va karta egasining ismi (daromadni o'tkazish uchun). Karta muddati va CVV kodi so'ralmaydi.
Faoliyat ma'lumotlari: bron qilingan va o'tilgan darslar, bekor qilishlar, buyurtmalar, to'lovlar, balans harakatlari, sharhlar, yuborilgan xatlar.
Rozilik ma'lumotlari: rozilik sanasi, shartlar versiyasi, yosh guruhi va 18 yoshdan kichiklar uchun ota-ona (vakil) ismi.
Biz parol, telefon raqami, pasport ma'lumotlari va biometrik ma'lumotlarni yig'maymiz.
3. Nima uchun foydalanamiz
Hisobingizga kirish va uni boshqarish;
O'qituvchi topish, dars bron qilish va o'tkazish;
To'lovlarni qabul qilish, balansni yuritish, o'qituvchilarga daromadni o'tkazish;
Dars tasdiqlari va eslatmalarini email orqali yuborish;
Qonunchilik talablarini, jumladan buxgalteriya hisobini bajarish.
Ma'lumotlaringiz reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.
4. Huquqiy asos
Ma'lumotlar sizning roziligingiz asosida, siz bilan tuzilgan shartnomani (darslar va paketlar) bajarish uchun va qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun qayta ishlanadi.
18 yoshga to'lmagan foydalanuvchining ma'lumotlari faqat ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan qayta ishlanadi. O'qituvchilar faqat 18 yoshdan katta bo'lishi mumkin.
5. Ma'lumotlar kimga beriladi
Dars ishtirokchilari: o'qituvchi o'quvchining ismini va dars vaqtini ko'radi; o'quvchi o'qituvchining ochiq profilini ko'radi.
Google LLC (AQSh) — Google orqali kirish uchun.
Resend (AQSh) — email xatlarni yuborish uchun: email, ism, dars vaqti va havolasi.
Server (hosting) provayderi — ma'lumotlar saqlanadigan joy: Niderlandiya va Germaniya (Yevropa Ittifoqi).
To'lov provayderlari — ular ulanganda, to'lovni amalga oshirish uchun zarur miqdorda.
Davlat organlari — faqat qonunda belgilangan hollarda.
Ma'lumotlarni boshqa uchinchi shaxslarga bermoqchi bo'lsak, sizni oldindan xabardor qilamiz.
6. Chet elga o'tkazish
Ma'lumotlar bazasi Niderlandiya va Germaniya (Yevropa Ittifoqi) hududidagi serverlarda saqlanadi. Ushbu davlatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan, shaxsga doir ma'lumotlarni yetarli darajada himoya qiluvchi davlatlar ro'yxatiga kiradi.
Biometrik va genetik ma'lumotlar yig'ilmaydi, shuning uchun ularni O'zbekistonda saqlash talabi platformaga taalluqli emas.
7. Saqlash muddati
Ma'lumotlar hisobingiz faol bo'lgan davrda saqlanadi.
Hisob o'chirilganda ism, email, profil, karta va sharh matnlari o'chiriladi. Buyurtma, to'lov va balans yozuvlari buxgalteriya hisobi bo'yicha qonun talab qiladigan muddat davomida, sizga bog'lanmagan holda saqlanadi.
8. Cookie fayllar
Biz faqat sayt ishlashi uchun zarur cookie'lardan foydalanamiz: tizimga kirish sessiyasi, interfeys tili va yorug'/qorong'i rejim. Reklama yoki kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi.
9. Sizning huquqlaringiz
Qanday ma'lumot saqlanayotganini bilish va uni yuklab olish — Profil sahifasidagi «Ma'lumotlarimni yuklab olish» tugmasi;
Ma'lumotlarni o'zgartirish — Profil sahifasida;
Rozilikni qaytarib olish va hisobni o'chirish — Profil sahifasidagi «Hisobni o'chirishni so'rash» tugmasi;
Savol va shikoyatlar bilan privacy@zabonly.uz manziliga yoki shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga murojaat qilish.
10. Xavfsizlik
Ma'lumotlar shifrlangan (HTTPS) ulanish orqali uzatiladi, bazaga kirish cheklangan. Kartaning to'liq raqamini faqat administrator ko'radi.
Ma'lumotlar sizib chiqqan holda vakolatli davlat organini 24 soat ichida xabardor qilamiz va zarur hollarda sizga ham xabar beramiz.
11. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, yangi versiya shu sahifada e'lon qilinadi va keyingi kirishda sizdan qayta rozilik so'raladi.