1. Xizmat
Zabonly — o'quvchilar va til o'qituvchilarini onlayn darslar uchun bog'laydigan platforma. Platformani Zabonly boshqaradi. O'qituvchilar darslarni mustaqil ravishda o'tkazadi; darslar tashqi video xizmat (Google Meet) orqali bo'ladi.
2. Hisob
Ro'yxatdan o'tish Google hisobi orqali amalga oshiriladi. Siz kiritgan ma'lumotlar to'g'ri bo'lishi kerak. Bir kishi bitta hisobdan foydalanadi.
18 yoshga to'lmagan o'quvchilar faqat ota-ona (qonuniy vakil) roziligi bilan ro'yxatdan o'tadi. O'qituvchilar 18 yoshdan katta bo'lishi shart.
3. Sinov darsi
Har bir o'qituvchida bitta bepul qisqa sinov darsini olish mumkin.
4. Paketlar va to'lov
Darslar paket bilan sotiladi: 6, 12 yoki 36 dars. Katta paketlarda chegirma bor. Paketning amal qilish muddati yo'q.
Narxlar so'mda ko'rsatiladi. To'lov to'liq olingandan keyin paket faollashadi.
Pul platformada saqlanadi va dars o'tilgandan keyingina o'qituvchiga hisoblanadi.
5. Bron qilish va bekor qilish
O'quvchi darsni boshlanishidan kamida 12 soat oldin bekor qilishi mumkin — dars paketga qaytadi.
O'qituvchi darsni boshlanguncha bekor qilishi mumkin — dars o'quvchining paketiga qaytadi.
O'tilgan dars paketdan yechiladi.
6. Paketni yopish va balans
O'quvchi paketni istalgan vaqtda yopishi mumkin (rejadagi darslar bo'lmasa). O'tilmagan darslar puli o'quvchi balansiga o'tadi.
Balans bilan istalgan o'qituvchidan yangi paket sotib olish mumkin.
Balansdagi pulni kartaga qaytarish istisno tariqasida, privacy@zabonly.uz orqali so'rov bo'yicha administrator tomonidan amalga oshiriladi.
7. O'qituvchilar uchun
Platforma har bir o'tilgan darsdan 20% komissiya oladi.
Daromad har dushanba kuni o'tgan hafta (dushanba–yakshanba, Toshkent vaqti) uchun profildagi kartaga o'tkaziladi. Minimal summa 50 000 so'm; kamroq bo'lsa keyingi haftaga o'tadi.
O'qituvchi o'z dars havolasi va jadvalini to'g'ri yuritishi va soliq majburiyatlarini mustaqil bajarishi kerak.
8. Taqiqlar
Platforma orqali tanishgan o'quvchidan to'lovni platformadan tashqarida olish;
Haqoratli, noqonuniy yoki boshqalarning huquqlarini buzuvchi kontent;
Boshqa shaxs nomidan ro'yxatdan o'tish.
Qoidalar buzilsa, hisob to'xtatilishi mumkin.
9. Javobgarlik
Platforma tashqi xizmatlar (Google, video aloqa, internet provayderlari) ishlamay qolishi uchun javob bermaydi. Nizolar avvalo muzokara yo'li bilan, kelishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
10. Aloqa
Savollar bo'yicha: privacy@zabonly.uz.